Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi bilan 2023-yilning 22-iyunidan “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tarkibida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tashkil etildi.

Boshqarma boshligʻi- O.Kayumova

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari- U.Jumaniyozov.

Hozirgi kunda boshqarmada 16 nafar bosh mutaxassis, 8 nafar yetakchi mutaxassis va 3 nafar 1-toifali mutaxassis faoliyat yuritmoqda.

Farmatsevtika faoliyati belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.

Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya da’vogarining arizasiga ko‘ra besh yildan kam bo‘lgan muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.

 

Boshqarmaning asosiy vazifalari

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • yuridik shaxslarning farmatsevtika faoliyatini (keyingi o‘rinlarda farmatsevtika faoliyati deb ataladi)  litsenziyalash ishlarini tashkil  etish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
  • lisenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish  ishlarini tashkil  etish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
  • o‘z vakolatlari doirasida litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlarini elektron ravishda ko‘rsatishga oid axborot tizimlari va veb saytlarni yuritish;
  • tadbirkorlik sub’yektlariga litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun yaratiladigan sharoitlarni belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirish yuzasidan konsultativ-metodik yordam ko‘rsatish.

 

Boshqarmaning asosiy funksiyalari

Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • a) yuridik shaxslarning farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash ishlarini tashkil etish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish sohasidagi ishlar;
  • b) lisenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish  ishlarini tashkil  etish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish sohasidagi ishlar;
  • v) o‘z vakolatlari doirasida litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlarini elektron ravishda ko‘rsatishga oid axborot tizimlari va veb saytlarni yuritish sohasidagi ishlar;
  • g) tadbirkorlik  sub’yektlariga litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishini amalga oshirish uchun sharoitlarni belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirish yuzasidan konsultativ-metodik yordam ko‘rsatish sohasidagi ishlar;

Biz bilan bog'lanish:

Tel.: (71) 203-01-01; (2500)

E-mail:  farmkomitet@ssv.uz 

20.03.2024