Yangiliklar

"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish bo‘limi mutaxassislari tomonidan may oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildiga kiritilishi ko‘zda tutilgan Yevropa farmakopeyasining 9–10 hamda amaldagi 11-nashrlari oralig‘idagi o‘zgartirish va to‘ldirishlar asosida tanlab olingan 50 ga yaqin farmakopeya maqolalari va monografiyalari dastlabki ekspertizadan o‘tkazildi.

Batafsil

Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O‘.Sh. fuqaro E.X.ga 3 738 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 100 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Batafsil

Poytaxtimizdagi Hilton Tashkent City mehmonxonasida IV Xalqaro Farmatsevtika Forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur tadbir doirasida farmatsevtika sohasidagi dolzarb masalalar, innovatsion yondashuvlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Batafsil

Toshkent shahridagi Hilton Tashkent City mehmonxonasida Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan IV Xalqaro Farmatsevtika Forum o‘z ishini boshladi.

Batafsil

"Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga kiritilgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularning sohaga amaliy tatbiqini muhokama qilish maqsadida "Tashkent Pharma Park" innovatsion klasterida dori vositalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori o‘rinbosari Nozim Berdiyev boshchiligidagi markaz mutaxassislari Buyuk Britaniyaning “Waters” xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar farmatsevtika mahsulotlarini tahlil qilish, sifat va xavfsizlikni baholash sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Batafsil