Yangiliklar

Izboskan tumanida elektron retsept tizimini joriy etishga doir seminar o‘tkazildi. Tadbirda tibbiyot birlashmasi mutasaddilari, poliklinikalar rahbarlari, shifokorlar hamda dorixonalar vakillari ishtirok etdi. Seminarda tizimning amaliy ahamiyati, ishlash mexanizmi hamda integratsiyalashgan ishlash jarayoni tushuntirildi. Tizim orqali retseptlar elektron platformaga kiritiladi, bemorlarga esa SMS orqali retsept kodi yuboriladi.

Batafsil

"Tashkent Pharma Park" klasteri binosida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tizimdagi dolzarb masalalar, amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar atroflicha tahlil qilindi.

Batafsil

Farmatsevtika xavfsizligi markazida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish va tahlil qilishga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Elektron retsept tizimini joriy etish, “Darmon” axborot tizimini takomillashtirish va byurokratik jarayonlarni osonlashtirish asosiy vazifalar qilindi. Yig‘ilishda tizimni kengaytirish, integratsiya qilish va ish jarayonlarini shaffof qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Tadbir yakunida sohaga hissa qo‘shgan xodimlar ham e’tirof etildi.

Batafsil

Mahalliy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari uchun xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muhim mexanizm joriy etildi. Ta'kidlash lozim, global bozorda muvaffaqiyatli raqobat qilish uchun ishlab chiqaruvchi korxonada sifat menejmenti tizimi ISO 13485 xalqaro standarti talablariga muvofiq sertifikatlangan bo‘lishi muhim omildir.

Batafsil

O‘zbekistonda narkotik moddalarni aniqlashga mo‘ljallangan ekspress-testlarni ishlab chiqarish mahalliylashtirilmoqda. Ushbu testlar xalqaro standartlarga mos, hamyonbop narxga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, giyohvandlik kasalliklarini davolashda foydalaniladigan "Nalokson" va "Naltrekson" preparatlarini mamlakatda ishlab chiqarish ham rejalashtirilmoqda.

Batafsil