Yangiliklar

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi — ISO 37001 xalqaro standarti joriy etilayotgan. Ushbu standart tashkilotda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va oldini olish mexanizmlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Bu jarayon qaror qabul qilish shaffofligini oshiradi, farmatsevtika sohasidagi amaliyotlar (ekspertiza, sertifikatlash, xarid zanjiri) uchun aniq qoidalarni belgilaydi hamda korrupsiyaga qarshi “nol murosa” tamoyilini kengaytiradi.

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini zamonaviylashtirish maqsadida, yevropa va AQSH farmakopeyalari bilan uyg‘unlashtirish amalga oshirilmoqda. 2026 yil 27 yanvardagi buyruq asosida 2 ta farmakopeya maqolasi amal qilishini to‘xtatdi va 5 ta yangi maqola kiritildi. Yangilash O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va dori vositalarining sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi «Farmakonazorat» milliy elektron axborot tizimi haqida respublika miqyosidagi onlayn o‘quv-seminar tashkil etdi. Tizim dori vositalarining nojo‘ya reaksiyalari haqida axborot yig‘ish, tahlil qilish hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Tadbirga tibbiyot muassasalarining mas’ullari qatnashdi.

Batafsil

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida “DARMON” tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda O’zbekiston, Rossiya, Fransiya va boshqa mamlakatlardan tashabbuskorlar qatnashdi. Tizimni raqamlashtirish, arizachilar uchun qulaylik oshirish hamda foydalanuvchi interfeysini soddalashtirish bo’yicha takliflar kiritildi. Ishlar natijasida jarayonlarda shaffoflik va samaradorlik oshishini kutilmoqda.

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari xavfsizligi va sifatini ta’minlashga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 26-son buyrug‘i bilan “Jenerik dori vositalarining farmakokinetik bioekvivalentligini o‘rganishga oid klinik tadqiqotlarni o‘tkazish va natijalarini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi hamda Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami — 3750)

Batafsil