Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi

Abdullayev N.M. - laboratoriya mudiri.

Laboratoriya xodimlari - 28 nafar oliy va o’rta texnik va farmatsevtika ma'lumotli xodimlar. Shu jumladan 6 ta magistr. Tibbiy buyumlarning fizik-mexanik ko'rsatkichlari va tibbiy asbob-uskunalarning elektr xavfsizligi va funksionalligi bo'yicha muvofiqligini baholash bo'yicha ishlarni bajarish uchun etarli ish tajribasiga ega malakali mutaxassislar.

Laboratoriya Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining bo'linmasi bo'lib, mustaqillik va kompetentlik bo'yicha “Akkreditatsiya Markazi” DUK tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan (14.09.2021 yildagi O’zAKK SL 133 -sonli akkreditatsiya guvohnomasi).

Laboratoriya xodimlari turli treninglar, konferensiyalar va seminarlrrda malakalarini doimiy ravishda oshirib kelmoqdalar.

Laboratoriya vazifalari:

  • aholini yuqori sifatli va xavfsiz tibbiy mahsulotlar bilan ta'minlash maqsadida tibbiy mahsulotlarni sifat va xavfsizlik nuqtai nazaridan sinovdan o'tkazishda ishonchli va ob'ektiv ma'lumotlarni olish;
  • mijozga sinov sifatining yuqori darajasini kafolatlash;
  • xodimlarning malakasini oshirish orqali laboratoriya faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish;
  • o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida amalga oshirish;
  • O'z DSt ISO / IEC 17025 talablariga javob beradigan sifat menejmenti tizimini qo'llash.

Laboratoriya funktsiyalari:

  • akkreditatsiya doirasiga muvofiq tibbiy texnikalar, asbob-uskunalar va tibbiy mahsulotlar sinovlarini o'tkazish.
  • Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini davlat nazoratini otkazish, normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va tibbiy buyumlar yoki tibbiy texnika namunalarining O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha 213-sonli VMQ asosida sinovdan o‘tkazish
  • insonparvarlik yordami yo’nalishida taqdim etilgan tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sinovlarini o'tkazish;
  • • Huquqni muhofaza qilish organlari yo‘nalishida taqdim etilgan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarini sinovdan o‘tkazish;
  • Sinov usullari va vositalarini takomillashtirish bo'yicha ishlarni olib borish.
  • O'zbekiston Respublikasining Milliy sertifikatlashtirish tizimida belgilangan akkreditatsiya talablariga muvofiqlikni doimiy ravishda saqlab turish.
  • Me'yoriy hujjatlar fondini shakllantirish va uni yangilab borish.
  • Laboratoriyaning barcha xodimlarining o'zlari bajarayotgan ishlarning muhimligini tushunishlari, laboratoriya tomonidan bajarilgan muvofiqlikni baholash ishlarining yakuniy natijalariga ta'sir qilishi va ular bajargan ishlarning sifati uchun javobgarlikni anglashlarini ta'minlash;
  • xolislik, maxfiylik va mustaqillikni kafolatlaydigan protseduralarga rioya qilish.

Laboratoriyaning texnik jihozlari

Laboratoriya yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy sinov uskunalari va o’lchash vositalari bilan jihozlangan:

  • elektr xavfsizligi bo'yicha tibbiy asbob-uskunalarni sinovdan o'tkazish uchun;
  • rentgen-diagnostika uskunasining radiatsion xavfsizligi parametrlarini tekshirish uchun;
  • simulyatorlar yordamida diagnostik tibbiy asbob-uskunalarning ishlashini o'rganish uchun;
  • stomatologik plombalash va stomatologik buyum hamda materiallarni sinovdan o'tkazish qurilmalari uchun;
  • tibbiy asboblarni sinovdan o'tkazish uchun (shpritslar, eksfuziya, infuzion, transfuzion vositalar, bog'lamlar, rezina va polimer buyumlar, jarrohlik tikuv materiallari va boshqalar).
  • jarrohlik tibbiy asboblarini sinovdan o'tkazish uchun.
  • optik linzalarning sinovlari uchun.

Laboratoriyaning ichki va tashqi aloqalari:

  • Laboratoriya Markazining barcha bo'limlari, Sinov markazining laboratoriyalari hamda tibbiy buyumlarning sertifikatsiyadan o'tkazish organi bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.
  • Laboratoriya boshqa organlar, tashkilotlar va korxonalar bilan quyidagi yo’nalishlarda shartnoma asosida hamkorlik qiladi:
  • O‘zbekiston respublikasi texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan (o’zining faoliyatini uslubiy va ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalari bo‘yicha);
  • O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti bilan (o‘lchov vositalarini qiyoslash va kalibrlash, sinov uskunalarini attestatsiyadan o’tkazish bo‘yicha)
  • “Akkreditatsiya markazi” DUK bilan (akkreditatsiya va qayta akkreditatsiyadan o‘tkazish, inspektsiyasi nazoratini o’tkazish, kadrlar malakasini oshirish);
  • • Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti (Standartlar instituti) bilan (me’yoriy hujjatlar bazasini yangilash va kadrlar malakasini oshirish masalalari bo‘yicha);
  • “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ va “Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikasini ekspertiza va standartlashtirish davlat markazi” DUKning hududiy filiallari bilan (subpudrat ishlari va laboratoriyalararo sinovlar uchun);
  • ishlab chiqaruvchilarning akkreditatsiyalangan laboratoriyalari bilan (laboratoriyalararo sinovlar uchun).
  • tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilishning zamonaviy xalqaro usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • MDH va Yevropa davlatlarining milliy nazorat laboratoriyalari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish;
  • Laboratoriyani yetakchi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy o‘lchash asboblari va sinov uskunalari bilan jihozlash;
  • Xalqaro maqomga ega laboratoriyalar bilan tajriba almashish.

 

Biz bilan bog'lanish:

Tel.: (99871) 203-01-01, 242-48-93.

Faks: (99871) 242-48-25.

Elektron pochta: labmedtex@mail.ru

 

29.08.2023