Matba bo'limi

Sagatova Damira Sunnatovna - Bo'lim boshlig'i.

 

Bo'lim tarkibi: 12 nafar xodim

  • bo'lim boshlig'i - 1
  • boshliq o’rinbosari - 1
  • yetakchi mutaxassislar - 5
  • I-toifali mutaxassislar - 4
  • II-toifali mutaxassis - 1

 

Matbaa bo'limi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi ning tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi.

Bo’limning nashriyot faoliyatini yuritish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1995 yil 22 maydagi 181-sonli qaroriga asosan O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan ruxsat e’tilgan. 2000 yil 22 mayda N10-583-sonli guvohnomasi, 2003 yil 17 noyabrda N10-3201-son bilan qayta qayd e’tilgan, 2014 yil 30 yanvarda N10-3201-son 2017 yil 6 oktyabrda qayta rasman ro’yhatdan o’tgan.

“O'zbekiston farmatsevtik xabarnoma” jurnaliga O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi litsenziyalash organi tomonidan ruxsat e’tilgan. 2008 yil 8 avgustidan “SMI” umumiy axborot vositalari tarzida ro’yhatga olingan N 0543-sonli guvohnomasi berilgan. Ushbu guvohnoma 2018 yil 12 yanvarda qayta qayd e’tilgi. “O'zbekiston farmatsevtik xabarnoma” jurnaliga 2010 yil 6 avgustda Milliy Savdo palatasi tomonidan Xalqaro standart seriya raqami ISSN 2181-0311 berilgan. “O'zbekiston farmatsevtik xabarnoma” jurnali Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dessertatsiyalari ilmiy xulosalari nashrlar ro’yhatiga kiritilgan.

Matbaa bo’limi haqida qisqa axborot:

O'zbekiston Respublikasi farmatsevtika va tibbiyot sohasi mutahassislari uchun “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida”gi qonuniga muvofiq zarur axborotni tezkor ravishda ko’rish, qidirish, ajratib olish qulay bo’lishi uchun bo’limda “Tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat e’tilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestri”ga ma’lumotlar Access bazasiga kiritiladi. E’lektron versiyasi har yili yangilanadi va kitob shaklida chop e’tiladi.

Davlat reestrining “poisk-qidiruv” e’lektron versiyasi quyidagi axborotlar bo’yucha ishlatiladi: savdo va xalqaro patentlangan nomi, shakli dozalari, ishlab chiqaruvchi firmalar, davlat, farmakoterapevtik guruhi, qayd e’tish guvohnomasi tartib raqami, qayd e’tilgan sanasi, qidiruv natijalarini chiqarib olish (raspeshatka), interfeys programma yetkazib berish.

Har oyda Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi ning www.uzharm-control.uz. veb saytida yangilanib turiladi.

“O'zbekiston farmatsevtik xabarnoma” jurnali har chorakda chop e’tiladi. Jurnalda farmatsiya va sog’liqni saqlashning dolzarb masalalari, Davlat markazi rasmiy hujjatlari, uslubiy ko’rsatmalar, ilmiy tadqiqot natijalari, tibbiyot va farmatsiya yangiliklari, qayd e’tish, sertifikatsiya standartizatsiya va boshqa yangiliklar chop e’tiladi. Bundan tashqari turli spravochniklar, uslubiy qo’llanvalar, informatsion axborotlar, dori vositalar va tibbiy buyumlar bo’yicha qo’llanmalar chop e’tiladi.

 

Biz bilan bog'lanish:

 

Tel.: (99871) (71) 203-01-01; (ichki raqamlar 2360, 2361, 2362)

Faks: (99871) 242-48-25.

Elektron pochta: farmkomitet@ssv.uz

 

29.08.2023