Narkotik moddalarni nazorat qilish qoʻmitasi

I.K. Azizov – Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasining raisi, Farmatsevtika fanlari doktori, professor.

Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi matnda - BMT) 1961 yilgi Giyohvandlik vositalari to‘g‘risidagi Yagona Konvensiyasining 18-moddasi, 1971 yilgi Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Konvensiyasining 16-moddasi, 1988 yilda qabul qilingan Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasining 12-moddasi talablari asosida ish yurituvchi milliy vakolatli organ hisoblanadi.

Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi ekspert organi sifatida Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi strukturasi tarkibiga kiradi. Qo‘mita o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish Davlat komissiyasi bilan muvofiqlashtiradi, o‘z vakolatlari doirasida ham milliy, ham xalqaro darajada tegishli vazirliklar, idoralar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Qo‘mita tarkibiga quyidagilar kiradi: rais, rais o‘rinbosari, bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar, 1- va 2-toifali mutaxassislar.

Asosiy vazifalar:

• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni (keyingi o‘rinlarda GPPr deb yuritiladi) qonuniy muomalasi bo‘yicha Halqaro shartnoma loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

Xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq GPPr larni qonuniy muomalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;

• O‘zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuniga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va GPPrning qonuniy muomalasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda ishtirok etish;

• GPPr muomalasi bilan bog‘liq litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish uchun berilgan arizalarini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda sertifikatlarni berish;

• GPPr larni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish uchun yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda ruxsatnoma berish;

• Litsenziatlar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarini o‘rnatilgan tartibda yig‘ilishini tashkil etish va umumlashtirish;

• Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklarni nazorat qilish Xalqaro qo‘mitasiga ma’lumotlar to‘plash va statistik blank shakllarini (A, A/P, C, P, B, D, B/P) to‘ldirib, yuborish;

• litsenziatlarning GPPrga arizalari asosliligini nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasining tibbiy va ilmiy maqsadlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga bo‘lgan umumiy ehtiyojini shakllantirish, BMTning Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro qo‘mitasiga kvotalarni tasdiqlash uchun yillik ehtiyojni taqdim etish;

• O‘zbekiston Respublikasida GPPrning muomalasi bilan bog‘liq elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish;

• Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar bilan hamkorlikda litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarni litsenziya shartlari va talablarini bajarilishini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishda ishtirok etish;.

O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 26 apreldagi 1-son bayoni bilan tasdiqlangan “2021-2025 yillarga mo‘ljallangan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va ularni suiiste’mol qilinishiga qarshi chora-tadbirlar dasturi” ijrosini amalga oshira borib, shuningdek, litsenziatlarning GPPr muomalasi bilan bog‘liq faoliyati davomida qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish maqsadida Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

• GPPr muomalasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

• GPPr muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishda litsenziatlarning faoliyatini joylarga borib o‘rganish orqali konsultativ va uslubiy yordam ko‘rsatish, statistik hisobotlarni taqdim etish, yillik ehtiyojlarni aniqlash;

• GPPr muomalasi bilan bog‘liq faoliyatlari bo‘yicha amaldagi qonunchilik va yangi me’yoriy hujjatlar bilan tanishish maqsadida joylarda sayyor-seminarlar, mutaxassislar uchun uchrashuvlar o‘tkazish;

• amaliy yordam sifatida litsenziatlarga, manfaatdor idoralarga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga “O‘zbekiston Respublikasida GPPr muomalasi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar to‘plami”ni bepul taqdim etish.

So‘nggi 5 yil ichida (2017-2021 yillar) hisobot davrida quyidagi me’yoriy hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qaror loyihalari tasdiqlandi:

• O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi plenumining 27 noyabr 2021 yilda “Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 33-sonli Qarori qabul qilindi.

• O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 2 iyundagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi.

Bundan tashqari, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihalari tayyorlandi:

• “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lish tartibini belgilab beruvchi Nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 472-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi;

• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12 noyabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini takomillashtirish, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 330-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qaror loyihasi;

  • «Psixotropnыe i silnodeystvuyuщiye veщestva, kontroliruyemыe v Respublike Uzbekistan» to‘plami 2500 nusxada nashr etildi. O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining topshirig‘i bilan maqsadli Davlat dasturi bӯyicha chop etilgan to‘plamni davlat tiliga tarjima qilish va nashr etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat markazi tomonidan ro‘yxatga olingan dori vositalari va tibbiy texnikaning yangilangan Davlat reyestri tayyorlandi va 8200 nomdagi dori vositalari ro‘yxatiga giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar, shuningdek, kuchli ta’sir etuvchi moddalar kiritildi.

Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi  Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar

2020-2021 yillarda 577 nafar litsenziat faoliyati o‘rganilib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi:

• 264 nafar litsenziatlarning GPPr larni saqlash sharoitlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevraldagi “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 85-son qaroriga muvofiqlashtirildi;

47 ta litsenziatlarning GPPr muomalasi bilan bog‘liq faoliyatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2001 yil 28 noyabrdagi 527-sonli buyruq bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 1090, 2001 yil 29 dekabr; 1090-I, 2014 yil 23 aprel) «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash va hisobga olish shartlari to‘g‘risida»gi Nizom talablariga muvofiqlashtirildi;

• bekor qilingan – 162 ta litsenziya;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 26 iyundagi 183-sonli buyrug‘iga asosan poliklinikalarda psixotrop moddalarga berilgan retseptlar hisobi yuritiladi, hisobotlarda  ambulator bemorlarga berilgan psixotrop moddalar soni va alohida tender dori vositalaridan foydalanish soni ko‘rsatiladi.

GPPr muomalasi bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni qog‘oz va elektron shaklda qabul qilish ishlari olib borilmoqda.

Respublika bo‘yicha 2022 yil 1-avgust holatiga 1589 ta litsenziat GPPr bilan bog‘liq faoliyatini amalga oshirmoqda, ulardan 488 litsenziat Sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari hamda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 510 ta xususiy tashkilotlar litsenziya rasmiylashtirgan.

Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan Respublika litsenziatlarida GPPr bilan bog‘liq faoliyatlar bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammo va kamchiliklarni oldini olish maqsadida har yili profilaktika ishlarini olib bormoqda. 2017-2021 yillar davomida 622 ta litsenziatlarning GPPr bilan bog‘liq faoliyati o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.

GPPr lar qonuniy muomalasi bo‘yicha Respublika va Xalqaro doirada o‘tkazilayotgan seminar va o‘quv mashg‘ulotlarida Qo‘mita a’zolari ishtirok etishdi:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklarni nazorat qilish Halqaro qo‘mitasi tashabbusi bilan Moskva shahrida o‘tkazilgan “Regionalnыy uchebnыy seminar i praktikum po voprosu obespecheniya nalichiya kontroliruyemыx veщestv dlya natsionalnыx kompetentnыx organov” mavzusida o‘quv seminarida;

mintaqaviy manfaatdor tomonlarning "Tibbiy va ilmiy maqsadlar uchun nazorat qilinadigan dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish" mavzusidagi o‘quv seminarida;

ekspert sifatida Shanxay hamkorlik tashkilotining ishchi guruhi majlislarida;

Moskva shahrida o‘tkazilgan “Farmatsevticheskiy forum stran YeAES i SNG” mavzusida o‘tkazilgan forumda;

Moskva shahrida har yili o‘tkaziladigan Adam Smit instituti tomonidan tashkil etilgan «Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari Farmatsevtika Forumi»da;

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Giyohvandlik vositalar bo‘yicha Komissiyaning maxsus segment doirasidagi BMT ning “Podkomissiya OON po nezakonnomu oborotu narkotikov na Blijnem i Srednem Vostoke” 54-sessiyada faol qatnashganligi soha mutaxassislari tomonidan e’tirof etilgan. 

Shu bilan birga  SSV tomonidan tashkil etilgan Narkotiklarni nazorat qilish Xalqaro qo‘mitasi Missiyasi doirasida qo‘mita xodimlari prof. Sevil Atasoy va Silviya Petkova bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuv natijasida hamda NNQ tashabbusi bilan Ren Onlaine tizimini yuritishda yuzaga kelgan texnik masalalar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda barcha qo‘mita a’zolari ishtirok etdilar.

2020-2021 yillarda Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Respublika viloyatlarida litsenziatlar uchun qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarni bajarish, ehtiyojlarni aniqlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 24 ta sayyor seminar-yig‘ilishlar o‘tkazildi va ularda 2400 nafar mutaxassislar, shu jumladan, hududiy sog‘liqni saqlash organlari, "Dori Darmon" AJ, Ichki ishlar boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdi. 2012 yildan beri litsenziatlarga “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning nazorati” qo‘llanmasining o‘zbek tilidagi 585 ta nusxasi taqdim etildi.

Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining taklifiga va Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini takomillashtirish va transformatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlandi va jo‘natildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi muxokamasida ishtirok etildi.

 “FMXM” DMning www.uzpharm-control.uz rasmiy veb-saytida GPPr muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziatlar reestri va Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan GPPr olib kirish va olib chiqish uchun berilgan sertifikatlar va tranzit ruxsatnomalari reyestri mavjud.

Amaldagi me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalaringizni quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin: nnqkomitet@ssv.uz

Bizning rekvizitlarimiz:

Tel./Faks: (+99871) 242-84-59, 203-01-01 ( ichki raqamlar 2180-2185)

E-mail: nnqkomitet@ssv.uz; nnqkomitet@exat.uz

29.08.2023