Новости

Mahalliy farmatsevtika korxonalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning amaldagi tartiblari, yangi talablar va amaliy masalalar muhokama qilindi. Tadbir davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ekspertiza va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish hamda sohadagi mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Подробнее

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–137-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida xalqaro ekspert Dragoș Gutu Markaz faoliyatiga jalb etildi.

Подробнее

26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida “Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!” shiori ostida #STOPNARKO chellenji tashkil etildi.

Подробнее

Braziliyada 16-Xalqaro jahon farmakopeyalari yig‘ilishi (16th International Meeting of World Pharmacopoeias – IMWP) hamda Braziliya farmakopeyasining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o'z ishini boshladi. Gibrid formatda o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli anjuman dunyoning yetakchi farmakopeya tashkilotlari hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakillarini bir maydonga jam qildi.

Подробнее