Farmakopeya qoʻmitasi
Yo‘q. Chunki ro‘yxatdan o‘tkazishning asosiy sharti bu O‘zbekiston Respublikasi xududida sodir bo‘lgan salbiy reaksiyalarni to‘plash va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun farmakologik nazoratga masʼul malakali shaxsning mavjudligidir.
Yangi dorixona tashkil qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” qarorining 29-ilovasi Pasportida koʻrsatilgan talablarni bajargan holda tashkil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 30-dekabrdagi 18-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomning 13-bandiga muvofiq, yillik “foyda–xavf” nisbatini baholash hisobotlarini taqdim etish majburiyati O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan va muddatsiz ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egalariga yuklatiladi.
Mazkur hisobotlar har yili hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragi yakuniga qadar taqdim etilishi lozim.
Hisobotni taqdim etish muddati ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi olingan sanadan emas, balki hisobot davridan kelib chiqib belgilanadi.
Masalan, 2026-yil uchun hisobot 2027-yilning birinchi choragi yakuniga qadar taqdim etilishi lozim bo‘lib, hisobot davri 2026-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Hisobot tasdiqlangan shablonga muvofiq bo‘lgan taqdirda, istalgan formatda taqdim etilishi mumkin.