2022 yil 1 yarim yil davomida 600 ta murojaat asosida 3790 turdagi dori vositalari ekpertizadan o‘tkazildi

18.08.2022 3259

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK sifatsiz, kontrafakt, yaroqlilik muddati tugagan farmatsevtik mahsulotlar yuzasidan 2022 yil 6 oy davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha maʼlumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi huquqni himoya qilish idoralari hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Davlat markazining Huquqni muhofaza qilish organlari murojaatlari bilan ishlash bo‘limiga joriy yilning 1 iyul sanasiga qadar 600 ta murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarni o‘rganish davomida 3790 turdagi 1 189 181 o‘ram dori vositalari tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi bo‘yicha xulosa berilgan bo‘lib, ulardan:
➖ 1442 turdagi 410 075 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tganligi;
➖ 796 turdagi 474 383 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi;
➖ 383 turdagi 5060 o‘ram muvofiqlik sertifikati mavjudligi;
➖ 789 turdagi 289 520 o‘ram muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi;
➖ 204 turdagi 5897 o‘ram yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha (kontrafakt);
➖ 151 turdagi 1235 yaroqlilik muddati tugagan sifatsizligi;
➖ 25 turdagi 3011 o‘ram qalbakilashtirilganligi shu jumladan, “L-Lizina essinat 5 ml №5”, “Aktovegin 40 mg 5ml №5”, “Serebrolizin 5 ml №5”, “Solkoseril 5 ml №5”, “Layboten 1.0 g, Mildronat 5 ml №10”, “Revarton”, “Tebantin”, “Saytatek”, “Zardeks”, “Kovifor”, “Fatzorb” “Vobenzim”, “Vobenzim-E” nomdagi dori vositalari bir necha marotaba takrorlangan.

Hurmatli yurtdoshlar! Davlat ro‘yxatidan o‘tgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifatsiz, belgilangan talablarga nomuvofiq ishlab chiqarilgan, nuqsonli holatlari yuzasidan eʼtirozingiz bo‘lsa Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining @uzpharmagency_bot aloqa botiga yoki (71) 203-27-77 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Davlat markazi Axborot xizmati