Farmatsevtika sanoatidagi korruptsiyaga qarshi kurash

10.06.2020 7825

Korrupsiya - shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

Korrupsiyaga oid xuquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

Manfaatlar toʻqnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir kursatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning xuquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; fuqarolar xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi.

DORI VOSITALARI TOVAR AYLANMA ZANJIRIDAGI KORRUPSIYA

Farmatsevtika yoʻnalishining barcha zanjir boʻgʻinlarida  ilmiy izlanishlar va ishlanmalardan boshlab dori vositalarini yetkazib berishgacha boʻlgan jarayonda quyidagilar kuzatiladi.

Ushbu zanjirning barcha boʻgʻilarini tahlil  qilish (tekshirib chiqish) va har bir bosqichda qanday korrupsion  xatar borligini koʻrib chiqish zarur :

  • ILMIY TADQIQOT VA ISHLANMALAR BOSQICHIDA
  • ISHLAB CHIQARISH BOSQICHIDA
  • REGISTRATSIYA VA SERTIFIKATSIYA BOSQICHIDA

Korrupsiya bilan kurashishda eng yuqori natijalarga erishish uchun faqat Davlat organlarining emas, balki barcha insonlarning va jamoat tashkilotlarining harakatlari birlashishi zarur.

Antikorrupsion siyosat bu sohadagi muammolarni yuzaga chiqarishi va dori vositalari muomalasining barcha bosqichlarida shaffoflikni taʼminlash kerak.

Antikorrupsion siyosatni amalga oshirishda xalqaro farmatsevtik tashkilotlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va aholining birdamligi asosiy boʻlib hisoblanadi.

Asossiz ravishda ishning  bajarilish muddatini choʻzib yuborish,  taʼmagirlik, poraxoʻrlik va korrupsiyaga oʻrtakashlik qilish qonun boʻyicha jazolanadi.       

ISHONCH TELEFONI (71) 242–48-68

Ishonch telefoniga murojaat  qilgan shaxs konfidensial maxfiyligi saqlanadi.