Pokistonning Dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasi direktori va “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi delegatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

06.06.2024 843

Joriy yil 4 iyun kuni Islomobod shahrida Pokiston Dori vositalarini tartibga solish boshqarmasi direktori va “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi delegatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi markazning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi faoliyati, farmatsevtika faoliyatini tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan hukumat islohotlari haqida so‘zlab berdi. Oʻz navbatida idora direktori Asim Rauf Oʻzbekiston delegatsiyasiga Pokistonga tashrifi uchun minnatdorlik bildirib, agentlikning milliy tartibga solish sohasidagi faoliyati bilan qisqacha tanishtirdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston tomoni jadallashgan globallashuv davrida ikki tashkilot o‘rtasidagi yaqin hamkorlik muhimligi hamda normativ-huquqiy axborot almashish sohasida munosabatlarni rivojlantirish, hamkorlikda o‘quv dasturlarini yaratish, stajirovka o‘tash, tajriba almashish zarurligini qayd etdi va shu bilan birga, laboratoriyalararo taqqoslash testlarini o'tkazish borasida fikr bildirdi. Oʻz navbatida direktor turli yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga toʻliq tayyorligini izhor qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlarga tashrif uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbusini davom ettirishga tayyor ekanliklari bildirildi.