Davlat markazida farmakologik nazorat bo‘yicha semenar o‘tkazildi

08.11.2022 2910

"Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi"da “Qanday qilib farmakologik nazorat bo‘yicha vakolatli shaxs bo‘lish mumkin? Ishlab chiqarishda farmakologik nazorat tizimini joriy etish" mavzusida semenar o‘tkazildi.

Tadbirda Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining vakolatxonalari assotsiatsiyasi rahbari Muhabbat Akbarova, Milliy farmakonazorat ilmiy markazi bosh direktori, RQA, ISOP assotsiatsiyasi aʼzosi Anatoliy Krasheninnikov hamda Davlat markazi Farmakologik nazorat bo‘limi boshlig‘i Elvira Svechnikova, shuningdek, Davlat markazining Farmakologiya qo‘mitasi xodimlari, Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining 40 ga yaqin vakillari ishtirok etishdi.

Semenar avvalida Farmakologik nazorat bo‘limi boshlig‘i Elvira Svechnikova farmakonazorat o‘zi nima, farmakonazorat tizmini asosiy maqsadi, O‘zbeksiton Respublikasida farmakonazorat bo‘yicha meʼyoriy xujjatlar ularning qisqacha mazmuni, farmakonazorat tizimini rivojlantirishdagi istiqbollar, ishlab chiqaruvchilar tomonidan farmakonazorat tizimini yo‘lga qo‘yishdagi tamoyillar, farmakonazorat tizimi tarkibiy qismlari, farmakonazorat tizimidagi hujjatlar bo‘yicha maʼlumot berdi. 

Shundan so‘ng farmatsevtika fanlari doktori Anatoliy Krasheninnikov farmakonazorat tizimiga qo‘yiladigan meʼyoriy talablar, farmakonazorat bo‘yicha vakolatli shaxsning kompaniya tashkiliy tuzilmasidagi o‘rni, farmakonazorat bo‘yicha vakolatli shaxsning vazifalari, farmakonazoratda vakolatli shaxs majburiyati bo‘yicha maʼruza qildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar, shu jumladan “Zoom” platformasi orqali ulangan 50ga yaqin qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Davlat markazi Axborot xizmati