JSSTning Jahon farmakopeyalari bo‘yicha navbatdagi xalqaro anjumani o‘tkazildi

06.10.2022 2880

2022 yil 27-29 sentyabr kunlari Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti va Meksika Qo‘shma Shtatlari farmakopeyasi tomoni bilan hamkorlikda tashkil etilgan 13-Xalqaro Jahon Farmakopeyasi (IMWP) anjumani bo‘lib o‘tdi.

Onlayn uchrashuvda 38 ta farmakopeya organidan 51 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar. Konferensiyaning kirish qismida JSST Farmatsevtika uchun normalar va standartlar (NSP), guruh rahbari, (Team Lead, Norms and Standards for Pharmaceuticals (NSP)) - Luther Gwaza tomonidan kun tartibida qo‘yilgan masalalar eʼlon qilindi.

Shundan so‘ng, ushbu masalalar yuzasidan "IMWP – 12" anjumanida qabul qilingan takliflar ijrosi bo‘yicha maʼlumot tinglandi.

Tadbir davomida ishtirokchi davlatlar tomonidan jahondagi hududiy va milliy farmakopeyalar bo‘yicha axborot berildi. Jumladan, O‘zbekiston Davlat farmakopeyasi Tahririyat kengashi kotibiyati vakili Hilola Nazrullayeva O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqishda erishilgan asosiy yutuqlari haqida qatnashchilarga maʼlumot berdi.

Davlat matkazi Axborot xizmati