News

Unda Markaz direktori Alisher Temirov boshchiligida muassasa ma'sullari Germaniyaning "Köttermann GmbH & Co. KG" va “Lab and Production Solutions” kompaniyasi va vakillari bilan “Tashkent Pharma Park” ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida joylashgan Markaz laboratoriya binosini xalqaro talablarga muvofiq loyihalashtirish, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, zamonaviy texnologik va muhandislik yechimlarini qo‘llash masalalari yuzasidan muzokaralar olib bordi.

More

Elektron retsept tizimini joriy etish bo'yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosini ta’minlash hamda yangi tizimning mazmun-mohiyatini joylarda to‘g‘ri va to‘liq tushuntirish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida Namangan viloyati Chortoq tumanidagi xususiy dorixonalar hamda davolash-profilaktika muassasalari shuningdek mahalla fuqarolar yig'inlarida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

More

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Elektron resept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari hamda “Elektron retsept” tizimini joriy etish jarayonining hududlardagi amaliy holati bo'yicha "ZOOM" platformasidan navbatdagi onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

More

"Elektron resept" tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davolash xavfsizligini oshirish va bemorlar salomatligini himoya qilish, shifokorlarning dori tayinlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish, dori vositalarini tayinlash jarayonini tartibga solish, sog‘liqni saqlash tizimida raqamli hisobga o‘tish, shuningdek, kontrafakt yoki noto‘g‘ri qo‘llanilayotgan dori vositalari aylanmasi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishdan iborat.

More