"Meditop Pharmaceutical Ltd" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

04.10.2023 771

Joriy yilning 4-oktabr kuni “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi direktori Agzam Nartayev, Vengriyaning "Meditop Pharmaceutical Ltd" kompaniyasi boshqaruv direktori, dr.Zoltan Aks va kompaniya ta’sischisi dr.Devid Greskovits bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, joriy yilning 27-iyul sanasida Vengriyada bo’lib o’tgan O‘zbekiston — Vengriya biznes forumi doirasida imzolangan hamkorlik memorandumi bo’yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, dori vositalarini ishlab chiqarish, ularning sifatini nazorat qilish va xavfsizligini ta’minlashda xalqaro standartlarni joriy qilish, kadrlar malakasini oshirish bo’yicha maxsus trening kurslar o’tkazish va Vengriya nazorat organi vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkillashtirish rejalashtirildi.

 

Ma’lumot uchun, 1991 yilda tashkil etilgan "Meditop Pharmaceutical Ltd" kompaniyasi Vengriyaning ilk xususiy farmatsevtik kompaniyasi hisoblanadi. U hozirga qadar 15ga yaqin original dori vositalarini patentlagan bo’lib, o‘z mahsulotlarini Germaniya, Vetnam, Yaponiya kabi 20 dan oshiq davlatlarga eksport qilishni yo'lga qo'ygan.

Uchrashuv yakunida, venger kompaniyasi vakillari yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan Markaz mutaxassislarini Vengriyaga taklif qildi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati