Agentlik tomonidan “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti - GMP” hamda “Yaxshi distribyutorlik amaliyoti - GDP” standartlari ishlab chiqildi

18.10.2018 18510

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 dekabridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi993-sonli qaroriga asosan Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti - GMP”, “Yaxshi distribyutorlik amaliyoti - GDP”, “Yaxshi saqlash amaliyoti - GSP”, “Yaxshi klinika amaliyoti - GCP”, “Yaxshi laboratoriya amaliyoti - GLP”, “Yaxshi dorixona amaliyoti - GPP” xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi boʻyicha audit oʻtkazish va tegishli xulosa va/yoki sertifikatlar berishni tashkil etish yuklatilgan.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti - GMP” hamda “Yaxshi distribyutorlik amaliyoti - GDP” standartlari ishlab chiqildi.

Ishlab chiqilgan standartlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat standratlari OʻzDSt 2766:2018 “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti - GMP” va OʻzDSt 2764:2018 “Yaxshi distribyutorlik amaliyoti - GDP” koʻrinishida Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Uzstandart” agentligi) tomonidan 2018 yil 5 oktyabrda 05-987-sonli Qaror bilan roʻyxatga olindi va joriy qilindi.


GMP O'zDSt 2766:2018.pdf

GDP O'zDSt 2764:2018.pdf