04.03.2026
368
"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM Sinov markazi tomonidan O‘z MSt ISO/IEC 17043:2025 xalqaro standarti talablariga muvofiq malaka tekshirish (Proficiency Testing, PT) dasturlari bepul o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
- Malaka tekshirish dasturlari quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- suyuq dori shakllarida pH qiymatini aniqlash;
- substansiyalarda erish nuqtasini aniqlash (kapillyar usul);
- bakterial endotoksinlarni aniqlash (LAL-test);
- tibbiy jihozlarda “sinish kuchi” ko‘rsatkichini aniqlash.
Dasturlarni o‘tkazish muddati: 2026-yil 3-martdan 20-martga qadar.
Ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 3-martga qadar.
Ishtirok etish istagida bo‘lgan tashkilotlar belgilangan shakldagi arizani quyidagi elektron manzilga yuborishlari so‘raladi:
farmkomitet@ssv.uz
Dastur, ishtirok shartlari va tashkiliy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon orqali olishingiz mumkin:
+998 (71) 203-01-01 (2061)