Новости (Июль, 2026)

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi shuni ma'lum qiladiki, mahsulotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarurati to‘g‘risidagi xulosalar endilikda faqat «DARMON» axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etiladi.

Подробнее

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Afg‘oniston Oziq-ovqat va dori vositalari boshqarmasi (AFDA) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Markaz direktori Alisher Temirov boshchiligidagi mutaxassislar hamda AFDA raisi Zahid Hamdullah boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Подробнее

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayon doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning markirovkalash tizimiga tayyorgarligini ta’minlash maqsadida amaliy o‘rganish va uslubiy ko‘mak ishlari olib borilmoqda.

Подробнее