Axborot-tahlil bo‘limi

Gaffarova Feruzaxon Islamdjanovna  – Bo‘lim boshlig‘i.

Bo‘lim tarkibi: 13 nafar xodim

bolim boshlig‘i - 1

bosh mutaxassis - 2

yetakchi mutaxassislar - 3

1-toifali mutaxassislar - 4

2-toifali mutaxassislar - 3

Bo‘lim haqida: Axborot-tahlil bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazidavlat muassasasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fаrmоnlаri, qаrоrlаri va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Sog‘liqni saqlash vazirligining normativ-huquqiy hujjatlariga, markaz buyruq va ko‘rsatmalari, ichki lokal hujjatlariga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

Asosiy vazifalar va funksiyalar:

Markaz manziliga dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat rо‘yxatidan о‘tkazish uchun kelgan namunalarni О‘zbekiston Respublikasi hududidagi bojxonalardan vа markaz laboratoriyalarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritish uchun bojxonaga javob xatlari rasmiylashtirish;

bo‘limga dori vositalari, tibbiy buуumlаr va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar, qo‘mitalar, bo‘limlardan kelib tushgan murojaatlarga o‘rnatilgan tartibda javob xatlarini rasmiylashtirish;

axborot olish uchun murojaat qilgan tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar bilan yozishmalar olib borish, axborot xatlarini rasmiylashtirish;

ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida, grant asosida yа muruvvat va beg‘araz yordam sifatida, diplomatik korpus vakillari, yuridik va jismoniy shaxslarga shaxsiy qo‘llash maqsadida kelgan dori vositalari, tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun murojaatlariga o‘rnatilgan tartibda javob xatlarni rasmiylashtirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning, Prezident portali, ishonch telefoni orqali kelib tushgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaga oid bo‘lgan murojaatlarga javob tayyorlashda murojaatlar bilan ishlash bo'limiga axborot berish.

Aloqalar:

Telefon: (99871) 203-01-01 (ichki raqam: 2046; 2072; 2073; 2074; 2076; 2095; 2323)

Elektron pochta: farmkomitet@ssv.uz

 

16.05.2025

Отделы и поздразделения