Samarqand viloyatida giyohvandlik vositalari muomalasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
Samarqand viloyatida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bo’yicha o’rganish ishlari olib borildi. Tadbir tibbiyot muassasalarida qonunchilik talablari, hujjat yuritish, hisobotlar to’g’riligi hamda saqlash sharoitlari o’rganildi. Seminar mas’ul xodimlarga amaliy yordam ko’rsatish hamda tizimli ishlar samarali tashkil etishga yo’naltirildi.
Samarqanda viloyatida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi vakillari ishtirokida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi qonun va qoidalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan seminar o'tkazildi.
Tadbir davomida viloyatda faoliyat yuritayotgan bir qator tibbiyot muassasalarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning yillik ehtiyojlarini rejalashtirish, hujjatlar yuritilishi, taqdim etilayotgan hisobotlarning to‘g‘riligi hamda ularni saqlash sharoitlarini o‘rganish ishlari olib borildi.
Shuningdek, joylarda amaldagi tartib-taomillarni takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mas’ul xodimlarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
O‘rganish ishlari Samarqand shahridagi oilaviy poliklinikalar, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, bolalar shifoxonalari, tug‘ruq majmualari, viloyat va tuman tibbiyot birlashmalari hamda ularning ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida amalga oshirildi.
Mazkur seminar tibbiyot muassasalarida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasi ustidan nazoratni kuchaytirish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hamda tizimli ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishi maqsad qiligan.