Onlayn muloqotda dori vositalarini ro‘yxatga olish masalalari muhokama qilindi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va agentlik mas’ul xodimlari ishtirokida Zoom platformasida onlayn muloqot o’tkazildi. Muloqotda “OMONMEDFARM” va “TEMUR MED FARM” tomonidan taqdim etilgan dori vositalarini davlat ro’yxatiga o’tkazish va guvohnomalar amal qilish muddatini uzaytirish masalalari muhokama qilindi. Xamkorlik jarayonida uchraydigan kamchiliklarni bartaraf etish va qonun talablariga rioya qilish bo’yicha tavsiyalar berildi. “Darmon” tizimi orqali ishlab chiqaruvchilarga dori vositalarini ro’yxatga olish jarayonini tez va shaffof amalga oshirish imkoniyati berilmoqda.Cocoon
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlari ishtirokida mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan Zoom platformasida onlayn muloqot o‘tkazildi.
Unda “OMONMEDFARM” MCHJ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan 5 nomdagi dori vositalari hamda “ TEMUR MED FARM” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan 51 nomdagi dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini amal qilish muddatini uzaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida dori vositalarini ro‘yxatga olish jarayonida uchraydigan texnik kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, qonun talablariga to‘liq moslikni taʼminlash yuzasidan tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
Maʼlumot uchun, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga dori vositalari ro‘yxatga olinishini tezlashtirish, dori vositalarini davlat ro‘yxatiga olish jarayonida shaffoflik va tezkorlikni taʼminlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan “Darmon” tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda ishlab chiqaruvchilar hujjatlarni onlayn elektron shaklda taqdim etishi, ariza ko‘rib chiqilishi va ekspertiza bosqichlari haqida real vaqt rejimida doimiy kuzatib borish olish imkoniga ega bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash, tartibga soluvchi organlar bilan ochiq va tizimli aloqani taʼminlash hamda milliy farmatsevtika mahsulotlari aylanmasini yana-da shaffof va samarali tashkil etish maqsadida bu kabi uchrashuvlar doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda.