Muvofiqlik sertifikatisiz hamda muddati o’tgan dori vositalarini sotayotgan dorixonaga chora ko’rildi
“KAVSAR HEALTH CENTER” MChJ dorixonasida litsenziya talablari buzilgani aniqlangan. 51 dori vositasining muvofiqlik sertifikatlari yo'q, 14 tasi Davlat reestriga kiritilmagan, 21 tasi yaroqlilik muddati o'tgan. Litsenziya bekor qilindi. Qonun buzilishlariga aloqador xodimlar reestriga kiritildi.
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Namangan viloyati, Chortoq tumani, Zafar Diyor MFY Istiqlol ko'chasi 2-uy manzilida joylashgan "KAVSAR HEALTH CENTER" MChJga tegishli dorixonada litsenziya talab va shartlari buzilganligi holati aniqlandi.
Markaz laboratoriyalari tahlillari natijasiga ko‘ra, mazkur dorixonadan olingan 51 turdagi dori vositalariga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi, 14 turdagi dori vositalari amaldagi tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat reestrida qayd etilmaganligi hamda 21 turdagi dori vositalari yaroqlilik muddati o‘tganligi aniqlandi.
Litsenziyat tomonidan litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining "KAVSAR HEALTH CENTER" MChJning litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Payariq tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda "KAVSAR HEALTH CENTER" MChJga dori vositalari va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2020 йил 24 декабрda berilgan 0685-sonli litsenziya bekor qilindi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz.
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi