Muddati o'tgan dori vositalarini sotayotgan dorixona litsenziyasi bekor qilindi
Samarqand viloyati Payariq tumanidagi "NARZIYEV MANSUR" MChJga tegishli dorixonada muddati o'tgan va sertifikatsiz dori vositalar sotilayotganligi aniqlangan. Bu sababli, litsenziya talablari buzilganlik uchun dorixonaning 625314-sonli litsenziyasi bekor qilindi. Bu to'g'risida iqtisodiy sud qarori qabul qilingan.
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyati, Payariq tumani, Chelak, Toshhovuz MFY, Istiqlol ko'chasi, 14-uy manzilida joylashgan "NARZIYEV MANSUR" MChJga tegishli dorixonada litsenziya talab va shartlari buzilganligi holati aniqlandi.
Markaz laboratoriyalari tahlillari natijasiga ko‘ra, mazkur dorixonadan olingan 2 turdagi dori vositasining sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi hamda davlat ro’yxatidan o'tmaganligi, shuningdek, 2 turdag dori vositasining yaroqlilik muddati o’tib ketganligi aniqlandi.
Litsenziyat tomonidan litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining “NARZIYEV MANSUR” MChJning litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Payariq tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda “NARZIYEV MANSUR” MChJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2025-yil 18-fevralda berilgan 625314-sonli litsenziya bekor qilindi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz.
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi