Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va IPRP — Xalqaro farmatsevtika regulyatorlari dasturi hamkorligida dori vositalarining sifati va bioekvivalentligini baholash bo‘yicha xalqaro yondashuvlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan IPRP manfaatdor tomonlar uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuv Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Singapur, Braziliya, Fransiya va boshqa davlatlarning regulyator organlari vakillari hamda farmatsevtika sohasi vakillari o‘rtasida ochiq muloqot shaklida tashkil etiladi.
Tadbir davomida dori vositalari sifati va bioekvivalentligini baholash bo‘yicha xalqaro yondashuvlar, regulyator fanlar sohasidagi dolzarb masalalar, IPRP ishchi guruhlarining so‘nggi faoliyati, jumladan generik dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ishlarni taqsimlash mexanizmlari, shuningdek xalqaro regulyator hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. (https://uzpharm-control.uz/news/view/2026-01-13-O%E2%80%98zbekistonda%20dori%20vositalari%20sifati%20va%20bioekvivalentligini%20baholash%20bo%E2%80%98yicha%20IPRP%20doirasida%20xalqaro%20tadbirlar%20o%E2%80%98tkaziladi)
Farmatsevtika sanoati vakillari dori vositalari sifati va bioekvivalentligiga oid masalalar yuzasidan muhokama uchun mavzularni taklif qilishlari mumkin. Taklif etiladigan mavzular nomi, muammoning qisqacha tavsifi, amaldagi yoki taklif etilayotgan yondashuvlar, shuningdek tegishli ishchi guruhga qaratilgan savollarni o‘z ichiga olishi lozim.
Vaqti: 2026 yil 26 mart
Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bog‘zor ko‘chasi, "Tashkent Pharma Park" farmasevtika klasteri
Ma’lumot va takliflar uchun: pharmrelations@ssv.uz
Ishtirokchilar quyidagi havola orqali (https://forms.gle/qKERuU7uTDcKSf7GA) ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.