Kitob tumanida elektron retsept tizimini joriy etish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi

22.12.2025 603

Kitob tumanida elektron retsept tizimini joriy etish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi

Elektron retsept tizimini joriy etish bo'yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosini ta’minlash hamda yangi tizimning mazmun-mohiyatini joylarda to‘g‘ri va to‘liq tushuntirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi xususiy dorixonalar hamda davolash-profilaktika muassasalari ma'sullari ishtirokida tushuntirish va targ‘ibot seminari o‘tkazildi.

Ushbu tadbir Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining hududiy bo‘linmasi hamda tegishli tashkilotlar va idoralar vakillari tomonidan olib borildi. Seminar davomida tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga elektron retsept tizimining ishlash mexanizmi, uning afzalliklari, dori vositalarini tayinlash va berishdagi yangi talablar hamda amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan savollar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ma’lumki, kelgusida elektron resept tizimi yurtimiz bo‘ylab to‘liq joriy etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishda muhim qadam hisoblanadi. Hozircha esa, joriy yilning 10 dekabridan buyon Toshkent shahri va Kitob tumanidan tashqari respublikamizning tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan yana 14 ta tuman va shaharlarida dori vositalari bosqichma bosqich elektron retsepi asosida berilishi boshlangan.