Markazda ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish jarayoni bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilarini ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi doirasida bugun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Ishga qabul qilish to‘liq shaffof va ochiq tarzda o’tishini ta’minlash hamda korrupsion omillarni oldini olish maqsadida mazkur jarayon muassasaning rasmiy YouTube sahifasi orqali jonli efirda uzatildi.
Bo‘sh ish o‘rinlari uchun e’lon qilingan ochiq tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning kasbiy bilim va malakalari, shuningdek, soha rivojiga qo‘shadigan imkoniyatlari markaz direktori Alisher Temirov boshchiligidagi komissiya tomonidan o‘rganildi va holisona baholandi.
Jarayon davomida har bir nomzodning mutaxassisligi, mas’uliyat darajasi, innovatsion fikrlash qobiliyati va jamoada ishlash ko‘nikmalari tahlil qilindi
Ta’kidlash joiz, bu kabi ochiq tanlovlar mamlakatimizda kadrlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, davlat xizmatini xalq ishonchiga tayanadigan, professional va halol tizim sifatida mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi rahbariyati bundan buyon ham kadrlar tanlovini ochiq, shaffof va korrupsiyadan holi tamoyillari asosida tashkil etishni davom ettiradi. Shu orqali markaz faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sohaga eng munosib, bilimli va fidoyi mutaxassislarni jalb etish o‘zining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilagan.