Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlari attestatsiyadan o'tkazildi

28.10.2025 1369

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlari attestatsiyadan o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qaroriga muvofiq, nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari har uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan bugun “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi mutaxassislari belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ–197-son qarori bilan tasdiqlangan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil etish dasturiga muvofiq, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash orqali davlat tomonidan tartibga solish vazifasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga yuklatilgan.

Attestatsiya jarayoni markaz direktori Alisher Temirov raisligida o‘tkazildi. Unda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni mas’uli Xasan Baxramov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili Dilnoza Umirova, "YOUNG PHARM" mas`uliyati cheklangan jamiyati vakili Jaloliddin Yakubov hamda markaza mutaxassislari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu attestatsiya Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlarining kasbiy malakasi va professional darajasini baholash, ularning tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish borasidagi mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi