TA’ZIYA
Farmatsevtika sohasidagi bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan fidoyi va jonkuyar inson, sog'liqni saqlash a'lochisi, farmatsevtika fanlari nomzodi Boltabaeva Gulchexra Erkinovna 57 yoshda vafot etdi.
G. Boltabaeva 1968 yil 19 aprel Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1990 yilda Toshkent Farmatsevtika institutini tamomlagan.
Turli yillarda Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Farmakopeya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi mudiri, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi mudiri, Farmakopeya qo‘mitasi rais o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Gulchexra Boltabaevaning vafoti munosabati bilan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.