24.10.2025
1238
9 oy davomida 117 nomdagi (40 191 o‘ram) — qalbakilashtirilgan dori vositalari muomalasiga chek qo'yildi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan respublikamiz hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlangan dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazish maqsadida joriy yilning 9 oyi davomida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga 1 757 ta murojaat kelib tushdi.Noqonuniy muomalada aniqlanib, mazkur murojaatlar asosida Markazning Huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan ishlash bo‘limiga taqdim qilingan farmatsevtika mahsulotlari tahlildan o‘tkazildi.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, jami 60 554 nomdagi 4 308 090 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun mumkin emas deb topildi.
Jumladan:
- 42 619 nomdagi (2 401 297 o‘ram) — davlat ro‘yxatidan o‘tmagan;
- 13 852 nomdagi (1 645 612 o‘ram) — muvofiqlik sertifikatisiz;
- 613 nomdagi (30 206 o‘ram) — yorliqlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha kontrafakt;
- 3 088 nomdagi (59 814 o‘ram) — yaroqlilik muddati o‘tgan;
- 117 nomdagi (40 191 o‘ram) — qalbakilashtirilgan;
- 265 nomdagi (130 970 o‘ram) — kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kirgan dori vositalari tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi haqida xulosa berildi.
Natijada sifati kafolatlanmagan ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan ishlash bo‘limi