Aholini zilzilalarga tayyorlash bo‘yicha seminar tashkil etildi

23.10.2025 1323

Aholini zilzilalarga tayyorlash bo‘yicha seminar tashkil etildi

 

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida muassasa xodimlari uchun aholini zilzilalarga tayyorlash yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi. Tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmologiya instituti professorlari tomonidan olib borildi.

Seminarda zilzilalar nima uchun sodir bo‘lishi, zilzila vaqtida va undan so‘ng qanday harakat qilish lozimligi, shuningdek, binolarda xavfsizlikni ta’minlash choralariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislar zilzilalarga tayyor turish, to‘g‘ri harakat qilish hamda favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va ularga mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar xodimlarning tabiiy ofatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularning xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.