Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan Markaz mutaxassisi taqdirlandi

14.10.2025 1630

Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan Markaz mutaxassisi taqdirlandi

Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va raqobatbardoshligini oshirish, standart talablariga rioya etgan holda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor va mutaxassislarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassisi Nigora Ibragimova “Yil standartchisi” tanlovida “Mahalliy standartlashtirishni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun” sertifikat bilan taqdirlandi.

Ushbu e’tirof sohadagi mutaxassislarning mamlakatimizda standartlashtirish tizimini rivojlantirish, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari yuqori baholanayotganidan dalolatdir.