O‘zbekiston va Latviya farmatsevtika sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzoladi

08.10.2025 1544

O‘zbekiston va Latviya farmatsevtika sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzoladi

"Tashkent Pharma Park" klasterida bo‘lib o‘tayotgan VI Yevroosiyo farmatsevtika sammiti doirasida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi va Latviya Dori vositalari agentligi (State Agency of Medicines of Latvia) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

Mazkur hujjat dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, tajriba va ilg‘or amaliyotlar almashinuvi, sohani tartibga solishdagi  yondashuvlarni uyg‘unlashtirish hamda dori vositalarining sifati va xavfsizligini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 

Ta’kidlash joiz, Latviya Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lib, uning farmatsevtika sohasini tartibga solish tizimi yuqori standartlariga to‘liq mos keladi. Shu bois, latviyalik hamkorlar bilan o‘rnatilgan hamkorlik O‘zbekiston farmatsevtika tizimining xalqaro standartlarga integratsiyalashuviga xizmat qiladi.