Surxondaryo viloyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan ishlash holati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-dekabrda tasdiqlangan “2025-yilda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar faoliyati bo‘yicha litsenziatlarda o‘tkaziladigan o‘rganish ishlari va sayyor seminarlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi mutaxassislari Surxondaryo viloyatida bo‘ldi.
Tashrif chog‘ida Surxondaryo viloyat 2-son Perinatal markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan Ko‘z mikroxirugiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termiz filiali, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Denov tuman tibbiyot birlashmasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali, Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat mintaqaviy filiali, Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filiali, Respublika Sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filiali, Angor tuman tibbiyot birlashmasi va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari mutaxassislari ishtirokida bir qator uchrashuv va seminarlar o‘tkazildi.
Shuningdek, muloqot davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar faoliyati bo‘yicha litsenziatlarning litsenziya talablariga to‘liq rioya etilishi, shifoxona va markazlarda giyohvand moddalar hamda psixotrop vositalarni xavfsiz saqlash shartlarini ta’minlash, shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash xizmatlarida nazoratni kuchaytirish hamda 2025-yil uchun tayyorlangan sayyor seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar rejasi ijrosini samarali ta’minlash masalalarini muhokama qilindi.
Ushbu tashrif hududdagi sog‘liqni saqlash tizimida nazoratni kuchaytirish va xizmat sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.
Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi