Tibbiy buyum va tibbiy texnika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va soha mutaxassislari diqqatiga!
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 12-avgust kuni soat 11:00 da onlayn uchrashuv o‘tkaziladi.
Uchrashuvda Markazning Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari tomonidan:
tibbiy buyum va tibbiy texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;
elektron ariza topshirish jarayoni;
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talabi haqida tushuntirish beriladi.
Onlayn qatnashish uchun ZOOM havolasi (https://us06web.zoom.us/j/84034965654?pwd=mJifDi4N6SxhyogccyaCsFUooVU6pW.1)
Identifikatsiya: 840 3496 5654
Kalit so‘z: 843679
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi soha vakillarini mazkur uchrashuvda faol ishtirok etishga chorlaydi.