Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari bilan onlayn muloqot
Joriy yilning 7-avgust kuni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimlari ishtirokida Zoom platformasi orqali mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida “LEKINTERKAPS” MCHJ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini amal qilish muddatini uzaytirish uchun taqdim etilgan 14 nomdagi, “VIDA VERDE PHARM” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan 4 nomdagi dori vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda POLIDAR PHARM” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan 4 nomdagi dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini berish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Shuningdek, mahalliy dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida uchrayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Bunday muloqotlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish, shuningdek, dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini yanada shaffof va samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.