Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil topganligining 30-yilligi

07.08.2025 1855

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil topganligining 30-yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston farmatsevtik xabarnomasi” ilmiy-amaliy farmatsevtika jurnalida sohaga bag‘ishlangan maxsus son nashr etilishi rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan barcha tashkilot va mutaxassislarni mazkur maxsus son uchun ilmiy-amaliy va tahliliy maqolalar taqdim etishga taklif etamiz.