Joriy may oyida 18 nomdagi 1216 o‘ram farmatsevtika mahsuloti qalbakilashtirilganligi aniqlandi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan respublikamiz hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda olingan dori vositalari "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM laboratoriyalarida ekspertiza qilindi.
Joriy yil may oyida o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, 2915 nomdagi 197 532 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi jumladan:
✔️ 2396 nomdagi 188 950 o‘ram - davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;
✔️ 78 nomdagi 468 o‘ram - yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha (kontrafakt);
✔️ 294 nomdagi 2172 o‘ram - yaroqlik muddati tugagan (sifatsiz);
✔️ 18 nomdagi 1216 o‘ram – qalbakilashtirilgan;
✔️ 129 nomdagi 4726 o‘ram-kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkinmasligi bo‘yicha xulosa berildi.
Hamda sifati kafolatlanmagan mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.