Sog‘liqni saqlash vazirligi Metrologiya xizmati o‘z faoliyat sohasini kengaytirdi
O‘zbekiston akkreditatsiya markazi Akkreditatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilish qaroriga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligining Metrologiya xizmati faoliyat sohasini kengaytirish bo‘yicha arizasi qanoatlantirildi va tegishli akkreditatsiya doirasi tasdiqlandi.
Ushbu qarorga muvofiq, Metrologiya xizmati endi tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi yanada keng qamrovli o‘lchash vositalari va nazorat qurilmalari bo‘yicha jumladan, 31 pozitsiyadagi o‘lchash va sinov vositalarini qiyoslash hamda metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi.
Faoliyat sohasining kengaytilishi sog‘liqni saqlash tizimida zamonaviy va aniq metrologik nazoratni yo‘lga qo‘yish, tibbiyot uskunalarining ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.