Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini 16 600 AQSH dollariga sotayotgan shaxs ushlandi

16.06.2025 1143

Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini 16 600 AQSH dollariga sotayotgan shaxs ushlandi

 

Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro F.O. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini kafolatlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 1 000 dona “ARAGAN” nomli dori vositasini 215 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni AQSH dollarida hisoblab 16 600 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186³-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.