❗️Diqqat: “Bar-VIPS” dori vositasining sertifikatlashtirilmagan seriyasidan ogoh bo'ling!

19.02.2024 406

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi sotuvda "VIPS-MED" MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan, og'iz orqali yuborish uchun suspenziya tayyorlash kukuni shaklidagi "Bar-VIPS" preparatining sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi aniqlanganligi haqida xabar beradi. 

Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha, markaz laboratoriyasida mazkur dori vositasining sifati tekshirilmoqda.

✅ Ma‘lumot uchun, “Bar-VIPS” dori preparatining quyidagi seriyalariga 500820, 530820, 510820, 520820, 540820, 370622, 380622, 480722 mamlakatimizda tibbiyot amaliyotida qo'llashga ruxsat etilgan bo'lib, ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.