Agzam Nartayev USAID texnik maslahatchisi Amanda Levin bilan uchrashdi

17.11.2023 676

"Farmatasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi USAID "PQM+" dasturi mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Muloqot avvalida Markaz rahbari Agzam Nartayev, USAID tomonidan "Dori vositalari sifatini targ'ib qilish plyus" dasturi doirasida tashkil etilgan o’quv seminar uchun texnik maslahatchi Amanda Levinga o’z minnatdorchiligini bildirib, bu kabi malaka oshirish kurslarini muntazam o’tkazish, shuningdek, Markaz va uning tizim tashkilotlari kadrlar tajribasini rivojlantirish muhim ekanligini ta'kidladi. 

Uchrashuv davomida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan rejalar bo’yicha yoʻl xaritasi tashkil etish, hamda “Tashkent Pharma Park” hududida barpo etilayotgan laboratoriyalar qurilishida texnik maslahatlar zarur ekanligi qayd etildi.

O’z navbatida Amanda Levin, Markaz direktori takliflarini qo’llab-quvvatlashi, yuqorida aytib o’tilgan rejalarni amalga oshirish uchun aniq muddatlar va strategik yoʻnalishlarni belgilab olish zarurligini taʼkidladi. Hamda "PQM+" dasturi doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish ikki tomon uchun ham manfaatli bo’lishini ma'lum qildi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati