JSST texnik mutaxassisi Dorina Pirgari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

09.11.2023 624

Joriy yilining 9-noyabr sanasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Agzam Nartayev, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti texnik mutaxassisi Dorina Pirgari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda Markaz mutaxassislari bilan birga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov ham ishtirok etdi.

Muloqot avvalida Dorina Pirgari JSSTning «GBT» Global taqqoslama tahlil vositasi haqida maʼlumot berdi. Unga muvofiq, taqqoslama tahlil vositasi (Benchmarking) tizimi orqali tartibga soluvchi organ faoliyati o‘zi va JSST tomonidan baholanadi. Ushbu tahlil vositasi 2018 yildan joriy qilingan bo‘lib, hozirgi kunda ayrim rivojlangan davlatlar farmatsevtika sohasini tartibga soluvchi organlarining darajasi 3 va 4 yetuklik bosqichida ekanligi qayd etildi.

 

Onlayn uchrashuv davomida kelgusida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasini ham yetuklik darajasi jihatidan yuqori darajalarga erishishi mumkinligi va bu borada hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov yurtimizda farmatsevtika sohasini rivojlantirish va tartibga solishda JSST tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishiga umid bildirdi.

 

O‘z navbatida Markaz rahbar A.Nartayev JSST bilan birgalikda farmatsevtika sohasiga tegishli qonunchilik hujjatlarini jahon tajribasi asosida tartibga solish va JSST tomonidan belgilangan xalqaro standartlarni mamlakatimiz farmatsevtikasi joriy etishni taklif bildirildi.

Uchrashuv yakunida "Benchmarking" vositasini qo‘llash bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash shuningdek, milliy tartibga soluvchi organlar faoliyatiga xalqaro ISO-9001 standartini joriy etish bo‘yicha JSST bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati