"Kontrafaktga qarshi kurash – 2023” XI xalqaro forumi o’z ishini boshladi

05.10.2023 834

Sankt-Peterburg shahrida “Kontrafaktga qarshi kurash – 2023” XI xalqaro forumi o’z ishini boshladi. 

Forumda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bozorlarini qalbaki mahsulotlardan himoya qilish, zamonaviy raqamli mexanizmlar, markirovkalash va kuzatish tizimlarini joriy etish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida huquqiy tartibga solish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish, shuningdek, intellektual mulkni himoya qilish huquqlari bo’yicha ma’ruza va muhokamalar bo’lib o’tmoqda.

 

Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda O’zbekiston tomonidan Sog’liqni saqlash vaziligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" Davlat muassasasi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, soxta mahsulot dunyo miqyosida har yili 100 ming nafardan 1 million nafargacha odam hayotiga zomin bo‘lishi mumkin.

Konferensiyada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari qalbaki va noqonuniy dori vositalarining muomalada bo‘lishiga qarshi kurash umummilliy miqyosdagi muammo sanalishi, har bir soxta dori o‘rami esa, fuqarolar salomatligi va hayotiga katta xavf tug‘dirishi ta’kidlandi.