Farmakologik nazorat boʻlimiga 1 shtat birligi bosh mutaxassisi

03.06.2025 1480

Farmakonazorat bo‘limi bosh mutaxassisining
MALAKA TALABLARI

1. Farmakonazorat bo‘limi bosh mutaxassisi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, 5 yildan kam bo‘lmagan umumiy ish staji, shundan tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan stajga ega bo‘lishi zarur;

2. Farmakonazorat bo‘limi ish faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, Farmakonazorat bo‘yicha ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalarga ega bo‘lish;

3. Elektron axborot-texnika vositalarida davlat tilida (lotin alifbosida erkin) Farmakonazorat bo‘limi hujjatlarini tayyorlay bilish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lish zarur.

4. Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish, IELTS, TOEFL, IBT va shu kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);

5. Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, tashkilot strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish.

6 Ilmiy farmatsevtika amaliyoti va farmakonazorat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish.

 

Farmakologik nazorat boʻlimi faoliyatiga oid tanlov tadbirlarida beriladigan NAMUNAVIY savollar roʻyxati

  1. Ishlab chiqaruvchi farmakonazorat bo‘yicha qanday majburiyatlarga ega?
  2. Yangi tasdiqlangan standart “Zarur farmakonazorat amaliyoti (GVP)” haqida nimalar bilasiz?
  3. Dori vositalarining xavfsizligiga doir qanday qonun, qonun osti hujjatlarini bilasiz?
  4. Xavfni minimallashtirish bo‘yicha qanday choralar qo‘llaniladi?
  5. Anafilaktik shok nima?
  6. Anamnez yig‘ishda qanday ma’lumotlar nojo‘ya ta’sirni aniqlash uchun muhim?
  7. Dori vositasining qon-tomir tizimiga ta’siri qanday baholanadi?
  8. O‘zbekistonda farmakonazorat faoliyatini kim nazorat qiladi?
  9. Farmakonazorat bo‘yicha mutaxassisning vazifalari qanday?
  10. Nojo‘ya ta’sir va kasallik simptomini qanday farqlash mumkin?

Fill out an application for this position