Farmakologik nazorat boʻlimi 2 shtat birligi yetakchi mutaxassisi

03.06.2025 1547

Farmakologik nazorat boʻlimi yetakchi mutaxassisining

MALAKA TALABLARI

1 Farmakonazorat bo‘limi yetakchi mutaxassisi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, 3 yildan kam bo‘lmagan umumiy ish staji, shundan farmatsevtika yo‘nalishida va yoki farmakonazorat faoliyati bo‘yicha 1 yildan kam bo‘lmagan stajga ega bo‘lishi zarur;

2. Farmakonazorat bo'limi ish faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, Farmakonazorat bo‘yicha ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish; 

3. Elektron axborot-texnika vositalarida davlat tilida (lotin alifbosida erkin) Farmakonazorat bo‘limi hujjatlarini tayyorlay bilish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lish zarur.

4. Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish, IELTS, TOEFL, IBT va shu kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi);

5. Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, tashkilot strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish.

6. Ilmiy farmatsevtika amaliyoti va farmakonazorat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish.

 

Farmakonazorat bo‘limi faoliyatiga oid tanlov tadbirlarida beriladigan NAMUNAVIY savollar roʻyxati

  1. Farmakonazorat nima?
  2. Farmakonazoratning asosiy maqsadi nima?
  3. Farmakonazoratga qachon va kim tomonidan asos solingan?
  4. Dori vositalarining nojo‘ya ta’siri nima?
  5. Nojo‘ya ta’sirlarni qanday turlarga ajratish mumkin?
  6. Nojo‘ya reaksiya (adverse reaction) nima?
  7. Noxush holat (adverse event) nima?
  8. Jiddiy nojo‘ya reaksiya (serious adverse reaction) nima?
  9. Pediatriya bemorlarida dorilarni qo‘llashda qanday klinik jihatlarni hisobga olish kerak?
  10. Farmakonazoratga oid xalqaro hujjatlar qaysilar?

Fill out an application for this position