News

Samarqand viloyatida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bo’yicha o’rganish ishlari olib borildi. Tadbir tibbiyot muassasalarida qonunchilik talablari, hujjat yuritish, hisobotlar to’g’riligi hamda saqlash sharoitlari o’rganildi. Seminar mas’ul xodimlarga amaliy yordam ko’rsatish hamda tizimli ishlar samarali tashkil etishga yo’naltirildi.

More

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va agentlik mas’ul xodimlari ishtirokida Zoom platformasida onlayn muloqot o’tkazildi. Muloqotda “OMONMEDFARM” va “TEMUR MED FARM” tomonidan taqdim etilgan dori vositalarini davlat ro’yxatiga o’tkazish va guvohnomalar amal qilish muddatini uzaytirish masalalari muhokama qilindi.

More

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti global tarmoqlariga affillangan a’zo sifatida qabul qilindi. Dori vositalari sifatini nazorat qilish laboratoriyasi WHO-GNP ga, vaksina va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi WHO-NNB ga qo‘shildi. Mazkur tarmoqlarga qo‘shilish laboratoriya faoliyatini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi.

More

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi — ISO 37001 xalqaro standarti joriy etilayotgan. Ushbu standart tashkilotda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va oldini olish mexanizmlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Bu jarayon qaror qabul qilish shaffofligini oshiradi, farmatsevtika sohasidagi amaliyotlar (ekspertiza, sertifikatlash, xarid zanjiri) uchun aniq qoidalarni belgilaydi hamda korrupsiyaga qarshi “nol murosa” tamoyilini kengaytiradi.

More

O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini zamonaviylashtirish maqsadida, yevropa va AQSH farmakopeyalari bilan uyg‘unlashtirish amalga oshirilmoqda. 2026 yil 27 yanvardagi buyruq asosida 2 ta farmakopeya maqolasi amal qilishini to‘xtatdi va 5 ta yangi maqola kiritildi. Yangilash O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va dori vositalarining sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

More

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi «Farmakonazorat» milliy elektron axborot tizimi haqida respublika miqyosidagi onlayn o‘quv-seminar tashkil etdi. Tizim dori vositalarining nojo‘ya reaksiyalari haqida axborot yig‘ish, tahlil qilish hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Tadbirga tibbiyot muassasalarining mas’ullari qatnashdi.

More