News (December, 2025)

"Elektron resept" tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davolash xavfsizligini oshirish va bemorlar salomatligini himoya qilish, shifokorlarning dori tayinlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish, dori vositalarini tayinlash jarayonini tartibga solish, sog‘liqni saqlash tizimida raqamli hisobga o‘tish, shuningdek, kontrafakt yoki noto‘g‘ri qo‘llanilayotgan dori vositalari aylanmasi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishdan iborat.

More

Qashqadaryo viloyatida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi vakillari ishtirokida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi qonun va qoidalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

More

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli topshiriqlari asosida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Antikorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

More

So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan farmatsevtika sohasi barqaror rivojlanishini ta’minlash, tartibga solish jarayonlarining shaffofligi va tezkorligini oshirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar doirasida ro‘yxatga olish jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda tarmoqni raqamlashtirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

More