News (October, 2025)

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida muassasa xodimlari uchun aholini zilzilalarga tayyorlash yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi. Tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmologiya instituti professorlari tomonidan olib borildi.

More

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-maydagi PQ–242-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahri va hududlardagi onkologiya muassasalariga o‘rnatilgan tibbiy jihozlar va diagnostik uskunalar sinovdan o'tkazilmoqda.

More

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tamer Xammad bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, shuningdek, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

More

Sog‘liqni saqlash tizimida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatini oshirish, zamonaviy uskunalardan samarali va xavfsiz foydalanish, shuningdek, bemorlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni oldini olish maqsadida tibbiy jihozlarning texnik holati va aniqligi doimiy nazoratga olingan.

More

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Ohangaron shahri bo‘limi, DXX va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.M. xonadonida 1 835 dona “Regopen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini keyinchalik dorixonalarda yashirib sotish maqsadida “L-ARGININE” dori idishlariga qadoqlab qo‘yganligi aniqlanib, ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan

More

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi farmatsevtika sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tartibga solish jarayonlarini uyg‘unlashtirish va farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash yo‘lida izchil faoliyat yuritib kelmoqda.

More

Shu kunlarda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, CADAP 7 (Markaziy Osiyoda giyohvandlik vositalarini nazorat qilish dasturi) hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) hamkorligida “O‘zbekistonda nazorat qilinadigan dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va ulardan maqsadsiz foydalanishning oldini olish” mavzusidagi milliy trening tashkil etildi.

More