News (October, 2025)

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 y.t. 2 nafar fuqaro tegishli hujjatlari bo‘lmagan 400 dona “MISOPROSTOL” tabletkalari, 139 dona kapsulalar, 2 dona balzam va ularni qadoqlash uchun mo‘jallangan 26 dona qutilarni 5 000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

More

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qaroriga muvofiq, nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari har uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan bugun “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi mutaxassislari belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazildi.

More

Shu kunlarda Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan “Hech kim e’tibordan chetda qolmasin: tug‘ish yoshidagi ayollar va bolalar o‘rtasida farmakonazorat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

More

Farmatsevtika sohasidagi bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan fidoyi va jonkuyar inson, sog'liqni saqlash a'lochisi, farmatsevtika fanlari nomzodi Boltabaeva Gulchexra Erkinovna 57 yoshda vafot etdi

More

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-sentabrdagi 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda Prezidentimizning 2025-yil 19-maydagi PF–88-son Farmoni asosida tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tuman (shahar)dagi barcha tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini bemorlarga xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha (agar mavjud bo‘lsa) elektron retsept orqali tayinlash tartibi joriy etilishi belgilangan.

More